» » O‘zbekistondagi maktablarda 3, 8 mlrd so‘mlik noqonuny xarajatlar aniqlandi

O‘zbekistondagi maktablarda 3, 8 mlrd so‘mlik noqonuny xarajatlar aniqlandi


Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan 2019 yilning I-choragi davomida 1444 ta tashkilot hamda maktabda jami 11 413,7 million so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida ortiqcha va qo‘shimcha rejalashtirilgan mablag‘lar 4 276,9 million so‘m (aniqlangan umumiy mablag‘dan 37,5 foizi), haqiqatda ishlamaydigan xodimlarga, ortiqcha saqlangan shtat birliklari hamda ishchi-xodimlar tomonidan bajarilmagan ish hajmlari uchun amalga oshirilgan to‘lovlar 2 071,7 million so‘m (18,2 foiz), malaka toifalarini belgilash sertifikatlarini qalbakilashtirish hamda ustama va mukofot pullarining ortiqcha to‘lanishi natijasida aniqlangan to‘lovlar summalari 2 018,0 million so‘mni (17,7 foiz)ni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan umumiy summasi 3 865,7 million so‘mlik 190 ta o‘rganish materiali huquq-tartibot organlariga topshirilib, 279 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rildi.

Byudjet qonunchiligini buzish holatlari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aniqlangan 3 023,4 million so‘m miqdordagi noqonuniy sarflangan byudjet mablag‘lari belgilangan tartibda qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют