» » O‘zbekistonda 1-maydan boshlab OTMlarga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab OTMlarga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan


Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, joriy yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

“Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi”, deyiladi xabarda.

Agentlik saytida hujjatlarni onlayn tarzda yuborish uchun shakllarni to‘ldirishni o‘rgatuvchi jadvallar taqdim etilgan.

Davlat boji to‘langandan keyin (maxsus tizimlar orqali onlayn to‘lov amalga oshirish imkoni joriy etiladi) ariza ko‘rib chiqish uchun yuborilib, arizachiga bu haqda tegishli xabarnoma yo‘llanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют