» » La Liga. “Barselona” bugun “Alaves” maydoniga safar qiladi

La Liga. “Barselona” bugun “Alaves” maydoniga safar qiladi


23-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 34-tur bahslariga start beriladi.

Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Kataloniyaning “Barselona” klubi mehmonda “Alaves”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anor ranglilar” avvalgi turda “Kamp Nou”da kechgan bahsda “Real Sosyedad”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

24-aprel, chorshanba kuni Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qiladi. Bellashuvga soat 22:30 da start beriladi.

Ma’lumot uchun, “matraschilar” 33-turda “Eybar” ustidan Toma Lemarning kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi (1:0).

25-aprel, payshanba kuni turning oxirgi uchrashuvida musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq “Real Madrid” “Xetafe”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 00:30 da boshlanishi belgilangan.

Ta’kidlash joiz, “Qirollik klubi” oxirgi turda “Atletik Bilbao”ni yirik hisobda yutgandi (3:0).

33-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

34-tur bahslari

23-aprel, seshanba

24-aprel, chorshanba

25-aprel, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют