» » Toshkentda “Avtomobilsiz kun” loyihasi Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkaziladi

Toshkentda “Avtomobilsiz kun” loyihasi Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkaziladi


Toshkent shahar hokimligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar borasida fikr almashishdi.

Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Fransua Bejo Yevropada o‘tgan asrning 70 yillaridan o‘tkazilishi boshlangan avtomobilsiz kun g‘oyasi hozirda 54 ta davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlab, bu borada O‘zbekiston, xususan, Toshkent bilan birgalikda ish olib borish taklifini bildirdi.

Fransua Bejoning ta’kidlashicha, Yevropada har yili sentabr oyining uchinchi haftasida avtomobilsiz kun tadbirlari o‘tkaziladi. Bundan maqsad atrof muhitga yoqilg‘i yoqilishidan hosil bo‘ladigan zaharli gaz chiqishi va tarqalishini kamaytirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Tadbir doirasida avtomobillar o‘rniga velosipedda yoki piyoda yurishni targ‘ib qiluvchi turli aksiyalar o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Elbek Shukurov O‘zbekistonda ham o‘tgan yildan bu yo‘nalishda ishlar boshlanganligini ma’lum qildi.

“2018—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi” hamda bir qator qonun hujjatlarida “Avtomobilsiz kun” tadbirini o‘tkazish belgilanganini va hozirda har oyning uchinchi jumasida shunday targ‘ibot aksiyalari tashkil qilinayotganligini qayd etdi.

Yevropa Ittifoqining bu boradagi hamkorlik bo‘yicha taklifi shahar hokimligi uchun muhim ekanligini, mazkur yo‘nalishda birgalikda ish olib borish tadbirlar yanada oshirishini ta’kidladi.

Hozirda shahrimiz miqiyosida olib borilayotgan qurilish ishlarida, xususan, yo‘lsozlikda piyodalar yo‘laklari qatoriga veloyo‘laklar ham qo‘shilayotganligini ma’lum qilib, bu ham “Avtomobilsiz kun” g‘oyasini amalga oshirishda ahamiyatli ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bu masalada hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют