» » O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 12 nafar talabasi akadem mobillik dasturi doirasida Turkiyaga yuborildi

O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 12 nafar talabasi akadem mobillik dasturi doirasida Turkiyaga yuborildi


22-aprel, dushanba kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 12 nafar talabasi hamda 1 nafar professor-o‘qituvchisi Turkiyaning Karabuk universitetiga jo‘nab ketdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ular 10 kun davomida Karabuk universitetidagi tengdoshlari bilan dars mashg‘ulotlarida qatnashadi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etadi. Shuningdek, ular turk va ingliz tillaridan olgan bilimlarini mustahkamlab, malakalarini oshiradi.

Ta’kidlanishcha, mazkur hafta ToshDO‘TAUning yana bir guruh talabalari Turkiyaning Ushoq universitetiga yuboriladi. Kelgusi o‘quv yilida esa universitetning 150 nafar talabasi “Mavlono” dasturi bo‘yicha Turkiyaning nufuzli universitetlarida tahsil olishga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют