» » O‘zbekistonda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi joriy etiladi


O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari bo‘yicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘l-yo‘riq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Yagona darcha” BATni joriy etishda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutiladi:

import, eksport va tranzitga taalluqli barcha tartibga solish talablarini bajarish maqsadida standartlashtirilgan ma’lumotlar va hujjatlarni yagona o‘tkazish kanalidan foydalangan holda taqdim etish;

axborot almashinuvning maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlovchi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, tashqi savdo bitimlariga doir barcha axborotlarni almashish;

davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning bosqichlarini masofadan kuzatish;

barcha uchun ochiq bo‘lgan elektron shakldagi ruxsat etuvchi hujjatlar reyestrlarini yuritishga to‘liq o‘tish;

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni eng so‘nggi ko‘rsatkichlar holatida ushlab turish;

dastlabki ma’lumotlar asosida tovarlar O‘zbekiston hududiga amalda yetib kelishiga qadar ruxsat beruvchi xarakterga ega hujjatlarni berish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют