» » Urganchda “Central Asia – 2019” XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi (foto)

Urganchda “Central Asia – 2019” XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi (foto)


Bugun, 24-aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi boshlandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Unda 10 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiyani Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov kirish so‘zi bilan ochdi va konferensiya ishtirokchilarini tabrikladi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Avaz Hojimetov so‘zga chiqdi hamda xalqaro ekspertlarga O‘zbekistonda sohaga qaratilayotgan e’tibor, shu jumladan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan kitobxonlikni ommalashtirish, kitob targ‘iboti, kutubxonalar va axborot resurs markazlarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida so‘zlab berdi.

“Mazkur xalqaro konferensiya axborot-kutubxona resurslari sohasida yangi bosqichni boshlab beradi. Bu yerda dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan ekspertlar ishtirok etayotgani mahalliy mutaxassislarga juda asqotadi.

O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasiri rivojlantirishga oid Prezident qarori qabul qilingan va ushbu qaror ijrosi yuzasidan ta’lim muassasalari kutubxonalarini adabiyotlar bilan to‘ldirish, o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarining audio variantlarini yaratish, “Bibliobus”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, QR-kodlar yordamida elektron kitoblardan foydalanish, kutubxonachilik sohasida milliy va xalqaro tadbirlarni tashkil etish singari muhim ishlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari ilgari surgan beshta tashabbus asosida esa kitobxonlikni yanada ommalashtirish, kutubxonalar fondini boyitish yuzasidan misli ko‘rilmagan loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda. Ishonamanki, ushbu xalqaro konferensiya ham o‘zaro fikr va tajriba almashish maydoni, kutubxona tizimini zamonaviy asoslarda rivojlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va tashkil etishga xizmat qiladi”,— dedi Avaz Hodjimetov.

Xalqaro konferensiyada, shuningdek, AQSh Kutubxona fondi ijrochi direktori Merris Sumrall, Belarus Milliy kutubxonasi direktori Roman Motulskiy va boshqa xalqaro ekspertlar xalqaro konferensiyaning ahamiyati, unda muhokama etilayotgan mavzularning dolzarbligi haqida so‘z yuritdi.

Anjumanning birinchi kunida “Biblioteka 4.0” – kelajak xizmat ko‘rsatish kutubxonasi modeli”, “Kontentlar tizimini boshqarish imkoniyatlari: Axborot savodxonligini oshirish yechimlari va kutubxona dasturlari”, “Ilmiy yangiliklar agregatori tahliliy tadqiqotlar uchun axborot resursi va baza sifatida”, “Raqamlashtirilgan kolleksiyalar elektron to‘plamlarni tashkil qilish shakli sifatida: Prezident kutubxonasi tajribasi”, “O‘zbekiston Respublikasida kutubxona va axborot sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют