» » Westminster University’da skulptura ochilish tadbiri

Westminster University’da skulptura ochilish tadbiri


19-aprel kuni Xalqaro Vestminstr universitetida Power of knowledge skulpturaning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Betomax – sifatli qurilishning kelajagidir. Kompaniya temir betonning turli xillarini ishlab chiqaradi va bugungi kunda O‘zbekiston hududida yetakchi zavodlardan biri bo‘lib kelamqda. Lekin baxtli kelajak nafaqat ishonchli qurilishlarga, balki o‘qimishli yoshlarga ham bog‘liqdir. Aynan shuning uchun, beton mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi Betomax “Bilimlar kuchi” ma’nosini bildiradigan Power of knowledge skulpturani o‘rnatishga qaror qildi.

19-aprel kuni O‘zbekistonda eng istiqbolli ta’lim muassasalaridan birida – Xalqaro Vestminstr universitetida, Betomax va Vestminster universitet ma’muriyati birgalikda Power of knowledge skulpturani ochdi.

Har yili ushbu universitet yuzdan ortiq malakali mutaxassislarni chiqaradi, shuning uchun aynan u Betomax kompaniyasi tomonidan tanlandi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, bu Xitoyda o‘rnatilgan Knowledge is power skulpturaning nusxasidir.

Skulptura, bilim – inson uchun eng qudratli kuch ekanligi haqidagi yorqin misoldir.

Hattoki nozik, kichkina qizcha bir nechta kitob o‘qib, yirik kuchli o‘g‘il boladan ustunroq bo‘la oladi.

Betomax kompaniyasining vazifasi – yangi bilim olish va o‘z-o‘zini rivojlantirish falsafasini qo‘llab-quvvatlashdir.

Bu kabi tadbir birinchi marta o‘tayotgani yo‘q. Yangi yilda nogiron bolalarga taxminan 500 ta turli xil kitoblar sovg‘a qilindi, maxsuslashtirilgan № 52 maktab kutubxonasi ham yana 500 ta kitobga ko‘paydi.

Vestminster universitetida tadbirga tashrif buyurganlar ham, yangi kitoblar sohibi bo‘ldi. Betomax kompaniyasi mehmonlar uchun 500 ta kitob tarqatdi.

Mehmonlar bunday sovg‘aga juda xursand bo‘ldilar, ko‘pchilik tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bu eng zo‘r sovg‘a ekanligini aytib o‘tdi.

Mazkur tadbir jamiyatda ta’limning muhimligini tushunish uchun sabab bo‘lishi kerak.

Shuningdek, har birimiz o‘z-o‘zimizni o‘stirishimiz kerakligi haqida o‘ylaymiz va bu maqsadga erishish uchun kuchimizni ishga solamiz.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют