» » Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘shnisini ayovsiz qiynab o‘ldirdi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qo‘shnisini ayovsiz qiynab o‘ldirdi


Rossiyaning Kaluga viloyatida boshqa bir fuqaroni bolta, dazmol, pichoq bilan ayovsiz qiynab o‘ldirgan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Aybdor 4 yil davomida yotoqxonadagi qo‘shnisi, 53 yoshli  asli Obninsk shahri fuqarosi bilan ichkilik ichishni odat qilgan. Avgust oyida bir kun o‘zbekistonlik qo‘shnisi bolta muhrasi bilan urayotgani uchun uyg‘onib ketgan. Keyin tura solib, qo‘shnisining qo‘lidan boltani olgan va hujumga o‘tgan. Ayblanuvchi dastlab qo‘shnisini bolta muhrasi bilan urgan, keyin qo‘liga pichoq olib, tanasining turli qismlariga 40 marta zarba bergan. Shundan so‘ng, dazmol bilan jabrlanuvchini kuydirgan.

O‘zining harakatlari bilan ayblanuvchi jabrlanuvchining bir nechta joyida jarohat, yorilib ketish, keng ko‘lamli jarohatlar yuzaga kelishiga, suyaklarining sinishi, 2-3-darajali kuyishiga sabab bo‘lgan. Jiddiy jismoniy og‘riq tufayli jabrlanuvchi Obninskdagi kasalxonada vafot etgan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va sud aybdorni 14 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 1) ( 63) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...