» » Fargonadagi sayyor qabulda 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi

Fargonadagi sayyor qabulda 11 nafar fuqaro ishga joylashtirildi


Fargona viloyati 2-sektor rahbari ishtirokida Oltiariq tumanida sayyor qabul otkazildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi Daryoga malum qildi.

Qabul davomida 100 ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi va 72 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning ozida yechim topildi.

Murojaatlar asosan tadbirkorlikni qollab-quvvatlash, sogliqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yollarni tamirlash, toza ichimlik suvi bilan taminlash hamda kommunal masalalarga oid boldi.

Masalan, Jorak qishlogida yashovchi Q.Xoshimov ichimlik suvi tarmogi tortish, Qapchugay qishlogida yashovchi A.Parpiyev tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish, Ijodkor kochasida yashovchi J.Rahmatov kredit ajratish, Sodiqov kochasida yashovchi I.Ismoilov mahalla qabristonini obodonlashtirish, Chordara kochasida yashovchi A.Xomidov hajga borish, Burbonliq kochasida yashovchi X.Madaliyeva yashash uyiga kadastr hujjati rasmiylashtirish, Zilxa qishlogida yashovchi M.Xusanov elektr hisoblagich ornatish, Qurboshi kochasida yashovchi O.Muminova pensiya rasmiylashtirish, Turkiston kochasida yashovchi M.Sultanov ishga joylashish,Paxtakor kochasida yashovchi T.Mamatqulov nogironlik aravachasi berish masalasida yordam sorab murojaat qildi.

Sayyor qabul jarayonining ozida 11 nafar fuqaro ishga joylashtirilishi, 17 nafar fuqaroga 3 million somga yaqin moddiy yordam berilishi, 10 nafarga yaqin fuqarolarning kommunal xojalik bilan bogliq muammolari hal etilishi, 6 nafar voyaga yetmaganlar maktabgacha talim muassasasiga joylashtirilishi, 3 nafar fuqaro tibbiy korikdan otkazilib, davolanishga yotqizilishi, 2 nafari ortopedik oyoq kiyim, 1 nafari nogironlik aravachasi va sihatgohga yollanma berilishi taminlandi.

Sogligimni tiklash uchun sihatgohga yollanma olishda yordam soradim. Murojaatim joyida hal etilib, Oltiariq sihatgohiga bepul yollanma berildi, deydi Qapchugay MFYda yashovchi G.Ergasheva.

Farzandim uchun maxsus oyoq kiyim olish masalasida qilgan murojaatim joyida hal etildi, deydi Yangiqorgon qishlogida yashovchi D.Oxunjonova.

160 ta xonadonni ichimlik suvi bilan taminlaydigan tarmoqni yangilashda yordam berishingizni sorayman, deya murojaat qildi Mustaqillik kochasida yashovchi A.Saidqulov.

Fuqaroning murojaati taalluqli idoralar vakillari ishtirokida organilib, chora-tadbir belgilandi.

Sayyor qabulda shu kabi koplab murojaatlar korib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi malum vaqt talab etiladigan murojaatlar boyicha tegishli tashkilotlarga korsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2019, 20:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -