» » Andijonda Milliy gvardiya zobiti Nexia’da ariqqa tushib ketdi. Milliy gvardiyachi vafot etdi

Andijonda Milliy gvardiya zobiti Nexia’da ariqqa tushib ketdi. Milliy gvardiyachi vafot etdi


23-aprel kuni Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani O‘rta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4R-112 Baliqchi–Andijon avtomobil yo‘lining 3 kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xo‘jaobod tumanida yashagan haydovchi, Milliy gvardiya viloyat qo‘riqlash boshqarmasi alohida batalyon safdor xodimi N.D. xizmatdan tashqari vaqtida o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilini boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida oqib o‘tgan ariqqa tushib ketgan. Natijada mashina saloni suvga to‘lgan, haydovchi undan chiqa olmay voqea joyida vafot etgan.

Ushbu ish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют