» » Rossiyalik ekspert Toshkentni muntazam suv bosishi haqida

Rossiyalik ekspert Toshkentni muntazam suv bosishi haqida


Rossiyaning “Shahar iqtisodiyoti instituti” fondining “Shahar xo‘jaligi” yo‘nalishi direktori Irina Gensler Toshkent shahri ko‘chalarini navbatdagi suv bosgani holatiga izoh berdi, deb yozadi Sputnik.

So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar tez-tez uchramoqda. Toshkentning yomg‘ir suvi kanalizatsiyasi suvning katta oqimini bartaraf eta olmayapti.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bunga sabab vaqt o‘tishi bilan iqlimning o‘zgarishi va ilgari suv bosmagan hududlarda endilikda ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishidir.

“Shahar infratuzilmasi – bu kompleks yondashish, modernizatsiya va yirik investitsiyalarni talab qiluvchi juda murakkab mavzu. Lekin O‘zbekiston hukumati bu masalani faol ravishda hal etishmoqda – mamlakatda Urbanizatsiya agentligi tashkil etilgan, xalqaro tashkilotlar o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Mamlakatda juda muhim bo‘lgan hujjat – O‘zbekiston urbanizatsiya strategiyasi ustida ulkan ish olib borilmoqda. Bu hujjatda shahar muhiti sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar aks ettiriladi”, — dedi Gensler.

O‘zbekistonda so‘nggi haftada kuchli yog‘ingarchilik yuz berdi. Shu tufayli mamlakatning qator hududlarida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar kuzatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют