» » People jurnali sayyoradagi eng go‘zal ayolni aniqladi

People jurnali sayyoradagi eng go‘zal ayolni aniqladi


People jurnalining yozishicha, amerikalik aktrisa Jennifer Garner sayyoradagi eng go‘zal ayol deb topildi. Uning surati jurnal maxsus sonining muqovasida nashr qilindi.

Nashrda aytilishicha, aktrisa Gollivud filmlarida suratga tushishga, o‘zining Upon a Farm organik mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasini boshqarishga hamda bolalarga yordam beruvchi Save the Children harakatida ishtirok etishga ulguradi. Bundan tashqari, u 3 farzandning onasi hamdir.

People’ga bergan intervyusida 47 yoshli aktrisa yoshligida o‘zini chiroyli deb his qilmagani, ota-onasi hech qachon uning tashqi ko‘rinishi haqida yoqimli gaplar aytmaganini tan olgan. Shuningdek, hozirda ham bo‘sh vaqtida sport uslubida kiyinishini va tuzukroq pardoz qila olmasligini qo‘shib qo‘ygan.

Garner fotosessiyadan uyga qaytgach o‘zini biroz go‘zal his qilishini aytgan. Ammo farzandlari undan pardozini yuvib tashlashini va sochlarini yoyishini so‘raydi.

“Buni men xushomad deb qabul qilaman. Ular meni o‘zining oddiy onasi kabi ko‘rishni xohlaydi”, — deydi u.

Jennifer Garner — aktrisa va prodyusser. U “Perl-Xarbor”, “Qo‘lingdan kelsa, meni tutib ol”, “Dallasdagi xaridorlar klubi” va “Avliyo Valentin kuni” filmlari bilan mashhur. 2005-yil u Ben Afflekka turmushga chiqqan. 2017-yilda esa ajrashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют