» » Samarqandda viloyat tibbiyot xodimlari assotsiatsiyasida katta miqdorda pul o‘zlashtirilganligi aytilmoqda

Samarqandda viloyat tibbiyot xodimlari assotsiatsiyasida katta miqdorda pul o‘zlashtirilganligi aytilmoqda


“Daryo” internet-nashriga kelgan ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2014-yilda tashkil etilgan viloyat tibbiyot xodimlarining assotsiatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan tibbiyot xodimlaridan kelib tushgan a’zolik badal pul mablag‘lari evaziga qurilgan 151 million so‘mlik mini futbol maydoni noqonuniy ravishda “Zarichashma Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatga sotib yuborilgan.

Shuningdek, 2017–2018-yillar davomida assotsiatsiyaning 379 million 477 ming so‘mlik mablag‘lari tashkilot ustavida nazarda tutilmagan xarajatlarga maqsadsiz sarflanib, rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyat tibbiyot xodimlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Doktor poligraf” mas’uliyati cheklangan jamiyatining nizomida assotsiatsiya tomonidan 5 million 989 ming 600 so‘m va 36 million 717 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari ajratilishi nazarda tutilgan. Biroq assotsiatsiya nizomga zid ravishda 51 million so‘m pul mablag‘i va 181 million 678 ming so‘m moddiy tovar boyliklari o‘tkazib bergan.

Ayni paytda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur holat bo‘yicha jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют