» » O‘zbekiston maktablarida pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladi

O‘zbekiston maktablarida pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladi


Hukumat qarori (343-son, 22.04.2019-y) bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy-targ‘ibot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.

Nizomga muvofiq, pullik ta’lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo‘lgan maktablarda tashkil etiladi.

Pullik ta’lim xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Mazkur xizmatlarga o‘quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi.

Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Bitta guruhda mashg‘ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas.

Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘ning 50 foizidan kam bo‘lmagan qismi pedagog o‘qituvchilarga beriladi.

Pullik xizmatlar uchun haq banklar orqali to‘lanadi, to‘lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют