» » O‘zbekistonda turkiyalik professor bilan “Kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuv” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda turkiyalik professor bilan “Kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuv” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining taklifiga binoan Turkiya Xalq ta’limi vaziri maslahatchisi professor Mustafa Xilmi Cholako‘g‘li ishtirokida joriy yilning 18—26-aprel kunlari Toshkent shahrida bir qator uchrashuv va amaliy-seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Markaz axborot xizmati bosh mutaxassisi F.Soatov “Daryo”ga xabar berdi.

Tashrif dasturi doirasida professor Mustafa Xilmi Cholako‘g‘li, vazirlik va idoralar vakillari, professional assotsiatsiyalar va ta’lim tizimi vakillari ishtirokida “Kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuv” mavzusida 2 kunlik seminar (18—19-aprel), Samarqand viloyatiga tashrif (22—23-aprel) hamda Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti xodimlari ishtirokida kasb-hunar ta’limida yangicha yondashuvlar, Turkiya tajribasi bo‘yicha amaliy seminarlar (24—26-aprel) o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Professor Mustafa Xilmi Cholako‘g‘li ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbirlar va tajriba almashish jarayonida Turkiyada kasb-hunar ta’limi shakli, mazmuni va sifatini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar, xususan, kasbiy va ta’lim standartlarini joriy qilish, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilik shakllari, Turkiyada milliy malaka tizimi, ta’lim muassasalarini o‘quv-uslubiy, metodik ta’minoti, shuningdek, kollej direktorlari va pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi va ularga qo‘yiladigan talablar kabi mavzular bo‘yicha fikr almashish ko‘zda tutilgan.

2019-yil 18—19-aprel kunlari tashkil etilgan amaliy seminarning asosiy maqsadi kasb-hunar ta’limi sohasida Turkiya tajribasini o‘rganish, kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuv imkoniyatlari, soha mas’ul xodimlari, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish, ularni xalqaro hamkorlik doirasidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro tajriba almashish hisoblanadi.

Kasb-hunar ta’limi tizimi bundan keyin mahalliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatlasha oladigan va shunga yetarli mehnat ko‘nikmalari shakllantirilgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan, xorijiy tajribani o‘zlashtirgan malakali kadrlarni tayyorlaydi.

Kasb-hunar ta’limi Markazining Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi bilan birgalikda amalga oshirayotgan loyihalari O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi sohasidagi islohotlarda o‘z ijobiy natijasini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют