» » Nikol Kidman farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qildi

Nikol Kidman farzandlarini Instagram va telefondan mahrum qildi


Gollivud aktrisasi Nikol Kidman farzandlariga telefondan foydalanishga ruxsat bermaydi, deb yozadi Vanity Fair.

Aktrisaning musiqachi Kit Urbandan ikki nafar qizi bor — o‘n yoshli Sandey Rouz va sakkiz yoshli Feys Margaret. 51 yoshli yulduz farzandlariga gadjet sotib olmasligini va ularga ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga ruxsat bermasligini tan olgan.

“Ularning telefonlari yo‘q, Instagram’dan foydalanishiga ham ruxsat bermayman. Men ma’lum chegaralarni saqlab turishga harakat qilaman”, — deb ta’kidlagan u.

Shuningdek, suratga olish ishlarida bo‘lganda yoki turmush o‘rtog‘ining gastrol safarlarida farzandlari va uning repetitorini ham tez-tez o‘zi bilan birga olib borishini aytgan.

Nikol Kidman 1990-yildan 2001-yilga qadar aktyor Tom Kruzning rafiqasi bo‘lgan. Ularning Konner va Izabella Jeyn ismli farzandlari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют