» » Kinonikoh: Suratga olish jarayonida tanishib qolib, so‘ng o‘zaro oila qurgan aktyorlar

Kinonikoh: Suratga olish jarayonida tanishib qolib, so‘ng o‘zaro oila qurgan aktyorlar


Britaniya matbuoti 27-sentabr kuni tez orada “Taxtlar o‘yini” serialining aktyorlari Kit Xarington hamda Rouz Leslining to‘yi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi. “Kommersant” nashri suratga olish jarayonlarida o‘zaro tanishib qolib, so‘ng oila qurgan aktyorlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

1936-yilda “Angliya uzra olov” filmining suratga olish jarayonida britaniyalik aktyorlar Lourens Olivye hamda Viven Li o‘rtasida sevgi paydo bo‘ldi. Bu vaqtda har ikkisining ham o‘z oilasi bor edi. 1940-yilda ularning turmush o‘rtoqlari ajrashishga ruxsat bergan va aktyorlar o‘zaro oila qurishga muvaffaq bo‘lgan. 1950-yillarda Viven Li asabiy bo‘lib qolganligi sabab, tez-tez g‘azab otiga mingan. Lining bu kabi xatti-harakatlari oilaviy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Oqibatda juftlik 1960-yilda ajrashib ketgan.

1944-yilda 19 yoshli amerikalik aktrisa Loren Bekoll To Have and Have Not filmidagi hamkasbi, o‘sha vaqtda 45 yosh bo‘lgan Xamfri Bogart bilan tanishib qolgan. Bogart Loranni deb turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. 1945-yilning 21-mayida oila qurgan juftlik keyinchalik ikki nafar farzand ham ko‘rgan. Turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng, Bekoll boshqa bir aktyor — Jeyson Robardsga turmushga chiqqan, biroq uning spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani sabab oila buzilib ketgan.

1958-yilning yanvarida The Long, Hot Summer filmini suratga olish jarayonida tanishib qolishganidan so‘ng, amerikalik aktyorlar Pol Nyuman hamda Joan Vudvard o‘z nikohlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Juftlik 50 yildan ortiq birga yashadi. 2008-yilning 26-sentabr kuni Nyuman o‘pka saratoni sabab olamdan o‘tgan.

1960-yilda “Rokko va uning akasi” filmini suratga olish vaqtida italyalik aktyor Renato Salvatore hamda fransiyalik aktrisa Anni Jirardo o‘zaro tanishib qolgan. 1962-yilning 6-yanvarida ular oila qurgan. Juftlikning Julia ismli qizi bor. Ammo Jirardoning so‘zlariga ko‘ra, uning eri spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgani sabab ideal turmush o‘rtoq bo‘lmagan.

1961-yilda “Kleopatra” filmining suratga olish vaqtida Elizabet Teylor hamda Richard Byorton o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan. 1964-yilda ular o‘zaro oila qurgan. 1974-yilda, o‘n yillik nikohdan so‘ng juftlik ajrashgan, biroq bir yildan o‘tgach, ular yana qayta oila qurishgan. Ammo bu ham uzoq davom etmagan. Ularning shaxsiy hayotlari asosida hatto “Byorton va Teylor” (2013-yil) nomli film ham suratga olingan. Juftlikning farzandlari bo‘lmagan, biroq aktyorlar germaniyalik uch yoshli qizaloqni asrab olgan. “Rijarddan so‘ng hayotimda bo‘lgan erkaklar, faqatgina paltomni olib berishga yoki eshik ochish uchungina bo‘lgan. Undan keyingi barcha erkaklar shunchaki suhbatdosh bo‘lgan”, — degan edi aktrisa.

1989-yilda Days of Thunder filmining suratga olish vaqtida Nikol Kidman va Tom Kruz o‘rtasida muhabbat uchqunlagan. Aktyorlar shu yilning o‘zida oila qurgan. 2001-yilning fevralida ular ajrashib ketishgan. Farzandlari bo‘lmagan, biroq bir o‘g‘il va bir qizni asrab olishgan. 2017-yilning sentabrida Nikol Kidman Emmy mukofotini topshirish marosimida so‘zlagan nutqi sabab tanqidlar ostida qolgan — u sahnadan turib hozirgi turmush o‘rtog‘i  Kit Urbanga va o‘zlarining ikki nafar farzadiga minnatdorchilik bildirgan, ammo asrab olgan bolalarini yodga olmagan.

1996-yilda “Kvartira” filmining suratga olish vaqtida italiyalik aktrisa Monika Belluchchi o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i fransiyalik aktyor Vensan Kassel bilan tanishib qolgan. 1999-yilning 3-avgustida juftlik o‘z nikohini ro‘yxatdan o‘tkazgan, ularning bir nafar qizi bor. 2013-yilning avgustida Belluchchining vakillari ular “mutlaqo kelishuv asosida” ajrashishgani haqida xabar bergan edi.

2005-yilda “Janob va xonim Smit” filmining suratga olish jarayonida Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Joli o‘zaro munosabatga kirishgan. O‘zlarining uch nafar farzandi, shuningdek, uch nafar asrab olgan bolalariga qaramay juftlik 2014-yildagina munosabatlarini rasmiylashtirgan. Biroq 2016-yilning sentabrida ular ajrashish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan.

2015-yilning 4-iyulida amerikalik aktyorlar Mila Kunis hamda Eshton Katcher oila qurdi. Ular 1998-yilda suratga olingan “70-yillarning shousi” teleseriali vaqtida tanishib qolishgan, biroq romantik munosabatlar haqida 2012-yilda e’lon qilingan. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Jam?n Jam?n filmining suratga olish ishlaridan 15 yil o‘tib, 2007-yilda ispaniyalik aktyorlar Penelopa Krus hamda Xavyer Bardem uchrashishni boshlagan. 2010-yilning iyulida ular rasman nikohdan o‘tgan, hozirda ularning ikki nafar farzandi bor.

2010-yilning dekabrida Dream House filmini suratga olish vaqtida Deniel Kreyg hamda Reychel Vays o‘zaro munosabatlarini boshlagan. Ular filmda er-xotin rolini ijro etgani e’tiborli. 2011-yilning 22-iyunida aktyorlar oila qurgan. Hozircha farzandlari yo‘q.

2017-yilning sentabrida xorij matbuoti Alisiya Vikander va Maykl Fassbender tez orada oila qurishlari haqida xabar tarqatdi. Ular The Light Between Oceans (2014) filmining suratga olish jarayonlarida tanishib qolishgan. Manbalarning xabar berishicha, ular shu yil oila quradi.

2016-yilda “Taxtlar o‘yini” serialining mashhur aktyorlari Kit Xarington va Rouz Lesli 2012-yildan beri o‘zaro munosabatda ekanliklarini tasdiqlagan. Joriy yilning sentabrida Britaniya matbuoti ushbu juftlik yaqin orada oila qurishi haqida xabar tarqatgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют