» » Gorillalar o‘z hayotini asrovchi reynjer bilan suratga tushdi

Gorillalar o‘z hayotini asrovchi reynjer bilan suratga tushdi


Aksariyat yovvoyi hayvonlarning tashqi ko‘rinishi kuchli bo‘lib ko‘rinishiga qaramay, ularning ko‘pchiligi odamzod oldida kuchsiz bo‘lib qoladi, deb yozadi TravelAsk.

Afsuski odamlar atrof muhit va undagi barcha tirik jonzolarni yo‘q qiluvchi ko‘plab usullarni ixtiro qilgan. Biroq o‘z hayotini tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlaydiganlarni ham unutmaslik kerak.

Shunday odamlardan biri reynjer Matye Shamavu bo‘lib, uning yaqinda internet tarmog‘iga joylagan suratlari butun bunyo bo‘ylab tarqaldi.

Suratda u Virunt milliy bog‘ida yashaydigan ikkita bahaybat gorillalar bilan tushgani aks etgan. Ushbu bog‘ UNESCO himoyasi ostida bo‘lib, uning tarkibida mahalliy aholi tinchligini ta’minlovchi 600 nafar reynjerlar bor.

Qachonlardir bu yerda shavqatsiz urushlar bo‘lgan va Viruntning bo‘shab qolishiga olib kelgan. Odamlar gorillalarni ekzotik go‘sht va dorivor maqsadlarda ovlab, o‘ldirishgan. Lekin hozirda hayvonlarni himoya qiluvchi bu jasur odamlar ularning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Ushbu suratlar reynjerlar va ularning himoyasi ostida bo‘lgan hayvonlar o‘rtasidagi ajoyib bog‘liqlik borligini yaqqol namoyon etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют