» » Peterburgda 4 o‘zbekistonlik o‘tirgan avtomobildan 204 ta patron topildi

Peterburgda 4 o‘zbekistonlik o‘tirgan avtomobildan 204 ta patron topildi


Peterburg politsiyasi to‘rt nafar o‘zbekistonlik o‘tirgan mashinadan patronlar topdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

1990,1994,1995,1999-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan Skoda Rapid avtomobili 23-aprel kuni Moskva shoh ko‘chasida to‘xtatilgan. Avtomobil ko‘zdan kechirilganida uning yukxonasidan 7,62 millimetr kalibrli 204 ta patron topilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu patronlar o‘q uzish uchun yaroqli deb topilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют