» » Andijondagi avtomobil yo‘llari chetida joylashgan maktablar atrofida haydovchini ogohlantiruvchi maketlar paydo bo‘ldi

Andijondagi avtomobil yo‘llari chetida joylashgan maktablar atrofida haydovchini ogohlantiruvchi maketlar paydo bo‘ldi


Andijon viloyatini xavfsiz hududga aylantirish dasturi doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat YHXB xodimi Diyorbek Abdurazzoqov.

Viloyat hududidagi ta’lim muassasalari oldida yangicha ko‘rinishdagi, ya’ni haydovchilar e’tiborini yanada tortish maqsadida qizil-oq rangli piyodalar o‘tish joylari joriy etilmoqda. Shuningdek, avtomobil yo‘llari bo‘yicha joylashgan umumta’lim maktablari atrofida shu hududda ta’lim muassasasi borligi haqida ogohlantiruvchi o‘quvchi aks ettirilgan maketlar o‘rnatildi.

Shu bilan bir qatorda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 11-iyundagi buyrug‘iga asosan davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi “Yo‘l posboni” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘ngillilar guruhi shakllantirilib, nomzodlar saralab olindi va ularga maxsus guvohnomalar topshirildi.

Ular soha xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligini va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlashda, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari o‘rtasida, ta’lim muassasalari, avtokorxonalar va mahallalarda Yo‘l harakati qoidalari asoslarini tushuntirish hamda ularga rioya qilish zarurligi haqida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют