» » Anjelina Joli olti farzandining faqat bittasiga meros qoldirmoqchi

Anjelina Joli olti farzandining faqat bittasiga meros qoldirmoqchi


Amerikalik aktrisa Anjelina Joli besh nafar farzandini merosdan mahrum etib, 116 million dollar pulni to‘ng‘ich o‘g‘li — 17 yoshli Meddoksga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Radar Online xabar bermoqda.

Aktrisa o‘spiringa “Lojuvard sohil” va “Yengilmas” kabi filmlar bilan shug‘ullangan Jolie Pas prodyuserlik kompaniyasini topshirmoqchi. Meddoks 15 yoshidayoq Jolining Kambodjadagi qizil kxmerlar kommunistik rejimi haqidagi “Ular avval otamni o‘ldirishdi” filmiga ijrochi prodyuserlik qilgan.

Manbalarga ko‘ra, meros haqidagi yangilik yulduzning sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittning jahlini chiqargan, uning fikricha, Joli aynan uni ranjitish maqsadida shunday qilgan.

Qayd etilishicha, faqat Meddoks onasining ajrashish qarorini qo‘llab-quvvatlagan, 15 yoshli Paks, 14 yoshli Zaxara, 12 yoshli Shaylo va o‘n yoshli egizak Noks va Vivyenlar esa otasining tomoniga o‘tib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют