» » Toshkent davlat texnika universiteti O‘zbekiston atom sohasiga kadrlar tayyorlay boshladi

Toshkent davlat texnika universiteti O‘zbekiston atom sohasiga kadrlar tayyorlay boshladi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) O‘zbekistonning atom elektr stansiyasini qurish rejalari bilan bog‘liq holda atom tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlashni boshladi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

Universitetda o‘tgan yildan buyon faoliayt yuritayotgan “Issiqlik energetikasi va atom elektr stansiyasi” kafedrasida hozirgi kunda 40 nafar birinchi kurs talabalari tahsil olmoqda.

Ta’lim jarayoni Rossiya universitetlarining yordami bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yaqinda TDTU tinch atom sohasidagi ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha birinchi ochiq ilmiy-ommabop ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruzada 150 nafar talaba, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar ishtirok etgani uning keng jamoatchilida katta qiziqish uyg‘otganidan dalolat beradi.

Yadro fizikasi va texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosari, professor Georgiy Tixomirov hamda “Rosatom” davlat korporatsiyasining “Fan va innovatsiya” AJ fizika-energetika yo'nalishi ilmiy rahbari, ilmiy rivojlanish bo'yicha direktori Vladimir Risovaniy Rossiya va dunyodagi yadro sanoati tarixi va hozirgi tendensiyalari, ilg‘or atom energiyasi qurilmalari haqida so‘zlab, tinglovchilarning savollariga javob berdi.

“Kelgusida atom stansiyasi uchun kadrlar tayyorlash respublikada atom stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishda eng muhim vazifadir, - deydi TDTU rektori Sadritdin Turabjonov. — Biz yetakchi texnika universiteti sifatida buni bilamiz va 2018-yilda ‘Issiqlik energetikasi va atom elektr stansiyasi’ kafedrasini ochdik. Biz MIFI hamda ‘Rosatom’ davlat korporatsiyasidagi hamkasblarimiz universitetimizga tashrif buyurib, atom eneegetikasi sohasidagi bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashganidan mamnunmiz”.

TDTU rahbariyati “MIFI” va “Fan va innovatsiya” AJ vakillariga Rossiyadan yirik olimlarning doimiy ravishda ochiq ma’ruzalarini o‘tkazish taklifi bilan murojaat qildi.

“Issiqlik energetikasi va AES” kafedrasi elektr energiyasini atom stansiyalaridan mamlakat energosetikasiga integratsiyalash masalalarini o‘rganishga ixtisoslashishi rejalashtirilgan, deydi TDTU energetika fakulteti dekani Javohir Toshov.

“Atom energiyasi uchun kadrlar tayyorlash biz uchun yangi yo‘nalishdir. Bilasizmi, hozir Toshkentda ‘MIFI’ filiali ochiladi, u bevosita yadro mutaxassislarini tayyorlaydi. Biz energiya tarqatish masalalari bo‘yicha atom stansiyalari bilan ishlaydigan energetik muhandislarni tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz. ‘MIFI’ va TDTU filialining atom energetikasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorligi bir-birini to‘ldiruvchi va ajralmas jarayondir”, — deya qo‘shimcha qildi Javohir Toshov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Issiqlik energetikasi va atom elektr stantsiyasi” kafedrasi o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish ustuvor vazifa bo‘lib, bu masala Rossiya delegatsiyasi vakillari bilan ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют