» » O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasini qurish haqida kelishib oldi

O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasini qurish haqida kelishib oldi


O‘zbekiston va Rossiya respublikada atom elektr stansiyasini qurish haqida kelishib oldi, deb yozadi “RIA Novosti” O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Bahrom Ashrafxonovga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda tomonlar loyihani amalga oshirish rejasini ishlab chiqmoqda.

“AES aniq qurilishi haqida kelishuv bor. Hozir yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda”, — dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “loyiha ko‘p milliardlidir”.

O‘zbekiston va Rossiya atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlikni 2017-yil dekabrida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolanganidan keyin boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют