» » Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolar bilan ochiq muloqotga tayyor ekanligini bildirdi

Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolar bilan ochiq muloqotga tayyor ekanligini bildirdi


Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolarga tizimdagi muammoli masalalar, xususan qonunbuzarliklar yuzasidan murojaatlarni elektron yoki telefon orqali qabul qilishini ma’lum qildi.

“Ma’lumki hozirgi kunda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘pchilikda soliq sohasidagi masalalar yuzasidan tushunmovchiliklar, savollar yuzaga keladi yoki ular qonunbuzarlik holatlariga uchraydi.

Ayrimlar esa fuqarolarni qasddan soliq organlariga qarshi chiqishga undaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy va qonun doirasida hal etish tashabbusi bilan chiqadi. Qo‘mita ishonch bilan ayta oladiki, yechimsiz muammo yo‘q.

Agar siz soliq organlari faoliyatidan qoniqmayotgan bo‘lsangiz yoki soliq turlari, qo‘shilgan qiymat solig‘iga oid savollaringiz bo‘lsa DSQning (71) 244-97-54 telefon raqamiga soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki electron tarzda murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatingiz qisqa muddatda ko?rib chiqiladi. Agar zarurat bo‘lsa, qo‘mita rahbariyati ushbu masalani shaxsan ko‘rib chiqadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют