» » Soliq sohasidagi o‘zgarishlar xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama etildi

Soliq sohasidagi o‘zgarishlar xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama etildi


26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar ishtirokida soliq sohasidagi islohotlarning dastlabki natijalari muhokama qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari hamda Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining dastlabki natijalari sarhisob qilindi.

Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Moliya vazirligi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda 50 dan ortiq tadbirkorlar – yirik soliq to‘lovchilar ishtirok etdi va ular tomonidan yo‘llangan 100 dan ortiq savollarga javoblar berildi.

Qayd etilganidek, 2018-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 7 mingga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 35 mingtaga yetib, 5,2 baravarga oshgan.

Xuddi shunday, suv solig‘i to‘lovchilari soni 3,4 mingtadan 49,3 mingtaga yoki 14,3 baravarga ortdi.

Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni 9,3 mingtadan 63 mingtaga yoki 6,8 baravarga hamda yer solig‘i to‘lovchilari soni 12,9 mingtadan 72,8 mingtaga yoki 5,6 baravarga o‘sdi.

Xalqaro ekspertlar tadbirkorlik subyektlariga teng raqobat sharoitini yaratish uchun iqtisodiyotda yashirin savdo aylanmalarini aniqlash, biznesning bo‘linishiga qarshi kurashish va kelgusida oldini olish yuzasidan jahon tajribasida sinovdan o‘tgan mexanizmlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari hamda tavsiyalarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют