» » Toshkent viloyati soliq to‘lovchilariga QQS to‘lash va hisoblash tartibi tushuntirildi

Toshkent viloyati soliq to‘lovchilariga QQS to‘lash va hisoblash tartibi tushuntirildi


“O‘zekspomarkaz” majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarning uchinchi kunida jami 1 392 nafar soliq to‘lovchi ishtirok etdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Seminar soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan.

Seminarda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan soliq to‘lovchilardan 60 dan ortiq savollar kelib tushgan va ularning barchasiga viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob qaytarilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq tizimidagi yangiliklar maxsus tayyorlangan tarqatma materiallar va videoroliklar yordamida tushuntirildi. Tashrif buyuruvchilarga 1 400 ga yaqin bukletlar tarqatildi.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilaridan ko‘proq 2019-yilning 1-yanvaridan joriy etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va uni hisoblashga oid savollar yo‘llanib, ularga misollar asosida atroflicha javoblar berildi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘loviga o‘tishi lozim bo‘lgan 1 491 ta korxonaning har 10 tasiga bir nafardan xodim biriktirilganligi ma’lum qilindi. Ushbu xodimlar joylarga chiqqan holda, korxonalarga amaliy yordam va maslahatlar bermoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida keng tushuntirilmoqda.

2019-yilning o‘tgan qisqa davri davomida hududlarda davlat soliq xizmati organlari va boshqa mutassaddi tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda, 17 ta seminar o‘tkazildi va ularda 1 477 nafar tadbirkorlar ishtirok etdi. Joylarda o‘tkazilgan seminarlar davomida ishtirokchilardan jami 2878 dan ortiq savollar kelib tushdi va ularning barchasiga o‘z vaqtida aniq hamda tezkor javoblar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют