» » Ozbekiston va BMT keng kolamli hamkorlikni yanada kengaytiradi

Ozbekiston va BMT keng kolamli hamkorlikni yanada kengaytiradi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Pekin shahrida ozi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv otkazdi, deb xabar berdiPrezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Bosh kotibni samimiy qutlab, Samarqand va Nyu-york shaharlarida otgan mazmunli suhbatlarni iliqlik bilan eslashini, ushbu muloqotlar Ozbekiston bilan BMT institutlari va tashkilotlari ortasidagi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilganini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Markaziy Osiyo boyicha va Toshkentdagi Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyalarni, Samarqand shahrida otgan Inson huquqlari boyicha Osiyo forumi va boshqa tadbirlarni shaxsan qollab-quvvatlagani uchun Antoniu Guterrishga minnatdorlik bildirdi.

Prezident Bosh kotibning BMTni isloh qilish, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni, izchil taraqqiyotni taminlash yolidagi tashabbuslari va say-harakatlarini toliq qollab-quvvatlashini bildirdi. Ushbu islohotlar Ozbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan qatiy islohotlarni faol davom ettirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

BMT Bosh kotibi Prezident bilan yana bir bor uchrashib turganidan mamnun ekanini takidlab, Ozbekiston tashabbuslari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, manaviyat, talim, ekologiya, turizm kabi sohalarni rivojlantirishda muhim orin tutayotganini qayd etdi.

Ozbekiston Markaziy Osiyoda ishonch va yaxshi qoshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qatiy intilmoqda. Eng muammoli masalalarning yechimi topildi, barcha qoshnilar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga kotarildi. Keyingi ikki yilda mintaqa davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2 barobar ortdi.

BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo boyicha tarixiy ahamiyatga ega rezolyutsiyasi hamda Marifat va diniy bagrikenglik boyicha rezolyutsiyasi qabul qilingani Ozbekistonning bu boradagi say-harakatlarining xalqaro etirofi boldi. Ozbekiston Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiyani tayyorlash va qabul qilish boyicha muhim tashabbusni ham ilgari surgan.

BMT Bosh kotibining komagi tufayli BMT shafeligida Orolboyi uchun kop sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Orolboyida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq loyihalar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Orolboyida aholi turmushi sifati va darajasini oshirish, zamonaviy uy-joy, ijtimoiy infratuzilma va sanoat obektlarini qurish, umuman, Orol foijasining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuksak baholadi. Besh oy mobaynida Orolning qurigan tubidagi 500 ming gektardan ortiq maydonda himoya ormonzorlari ekildi, 1,1 million gektar maydonda qum tutish tizimi yaratildi.

Uchrashuvda, joriy yil oktabr oyida Nukusda bolib otadigan Orolboyida ekologik innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish boyicha xalqaro konferensiya yakunida Ozbekiston BMT Bosh Assambleyasiga ushbu hududni Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi sifatida elon qilishga doir maxsus rezolyutsiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqishi rejalashtirilgani takidlandi.

Bundan tashqari, 2020-yilda Toshkent shahrida Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boyicha Monreal protokolini amalga oshirish masalalariga bagishlangan xalqaro konferensiya otkazilishi qayd etildi.

Suhbat chogida Afgonistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yol bilan hal etish mintaqada barqarorlikni taminlashning muhim omili ekani takidlandi. Ozbekiston Afgonistonni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka faol jalb etmoqda, ushbu mamlakat uchun savdo, infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni ilgari surmoqda.

Antoniu Guterrish Ozbekiston bilan keng kolamli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun zarur barcha komakni korsatishga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2019, 14:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -