» » Shavkat Mirziyoyev Seulda BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Seulda BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Seul shahrida BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston Prezidenti BMTga Pan Gi Mun bosh kotiblik davrida O‘zbekiston bilan BMT hamkorligida samarali loyihalar amalga oshirilganini yodga oldi.

Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifini yuqori baholab, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va o‘zaro ishonch ruhidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.

10-noyabr kuni Samarqandda o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro anjumanda ko‘tarilgan masalalar dolzarbligi, O‘zbekistonning tashabbuslari Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik izhor qildi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют