» » Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti bilan memorandum imzoladi

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti bilan memorandum imzoladi


Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universtiteti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Kukmin universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Universitetda 20000 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 1800 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarolari hisoblanadi.

Universitetda 600 nafar professor faoliyat yuritadi. Kukmin universiteti aloqa fakulteti media va kommunikatsiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Ushbu universitetda multimedia va foto laboratoriyalar, vizual mahsulotlar ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etilgan.

Aloqa fakulteti rahbari, professor Doh Yeon Kim Kukmin universiteti tomonidan tayyorlangan taqdimot bilan chiqdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi universitetning akademik yo‘nalishlari, ta’lim jarayoni va xalqaro aloqalari haqida so‘zlab berdi.

Ushbu uchrashuvda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan bo‘lib, unda stajirovkalarni tashkil etish, talabalarning akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va konferentsiyalar tashkil etish, shuningdek, ilmiy va amaliy media loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda ikki davlat jurnalistikasi va ommaviy axborot vositalari oldida turgan dolzarb vazifalar, jumladan, feyklarning professional jurnalistikaga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda taqdim etilayotgan axborotga bo‘lgan ishonch masalalari, aholining media-ta’limini oshirish zarurligi masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют