» » Jizzax viloyati FVB G‘allaoroldagi suv toshqini yuzasidan axborot berdi (foto)

Jizzax viloyati FVB G‘allaoroldagi suv toshqini yuzasidan axborot berdi (foto)


Aprel oyida O‘zbekistonda, xususan Jizzax viloyatida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ldi. Buning oqibatida tog‘li hududlarda  sel kelib, aholiga  qiyinchiliklar  tug‘dirdi. Bu haqda Jizzax viloyati FVB xabarida aytiladi.

Bu holatda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholiga doimiy ravishda  tushuntirish ishlari bilan birgalikda  yordam berib kelinmoqda.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  boshlig‘i  Sohib Qudratovning ma’lum qilishicha Juma qishlog‘idagi ko‘prik hamda elektr uzatish tarmoqlari 23—24-aprel kunlari sel kelishi natijasida shikastlandi. 25—26-aprel kunlari boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bartaraf etish Davlat tizimi  xizmatlari tomonidan  tezkor olib borilgan ishlar natijasida barcha kamchiliklar joyida bartaraf etilib, ishlar davom ettirilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Juma qishlog‘ida kuchli suv toshqini kuzatilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют