» » Boburning Farg‘onada yashayotgan avlodi, G‘allaoroldagi suv toshqini, Toshkentdagi xalqaro go‘zallik tanlovi va kunning boshqa xabarlari

Boburning Farg‘onada yashayotgan avlodi, G‘allaoroldagi suv toshqini, Toshkentdagi xalqaro go‘zallik tanlovi va kunning boshqa xabarlari


26-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Farg‘onada Boburning avlodi yashaydi. U — 96 yoshli Qurbonjon Sattorov.

“Biz boburiylar avlodidan bo‘lamiz. Kechagidek esimda. Uyimizda kitoblar juda ko‘p edi. Urushdan oldin 110 yoshga kirgan Qirmizi momom menga sulolamiz haqida yozilgan kitobni ko‘rsatib, ‘Bobur avlodidanmiz’ deb aytgandilar. Shuning uchun ham doimo farzandlarim, nevarayu evaralarimga shuni eslatib, ularga doimo ajdodlaringizga munosib bo‘linglar, deya uqtiraman”, – deydi Qurbonjon ota.

***

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Juma qishlog‘ida kuchli suv toshqini kuzatildi.

Jizzax viloyatidagi Milliy gvardiya harbiy qismi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan 21 ta xonadonga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  boshlig‘i  Sohib Qudratovning ma’lum qilishicha Juma qishlog‘idagi ko‘prik hamda elektr uzatish tarmoqlari 23—24-aprel kunlari sel kelishi natijasida shikastlandi.

***

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Miss Union Fashion—2019 xalqaro tanlovi finalida 24 yoshli Aziza Tokasheva g‘olib bo‘ldi.

Avvalroq ushbu tanlovda O‘zbekiston nomidan Barno Mamasoliyeva ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi.

***

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi davom etmoqda.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.

Shu kunning o‘zida Prezident O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini ko‘zdan kechirdi.

***

Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya jabrlanuvchilar soni va yetkazilgan iqtisodiy zarar nuqtai nazaridan atom energetikasi tarixidagi eng yirigi hisoblanadi.

Roppa-rosa 33 yil oldin, 1986-yilning 26-aprelida Pripyat shahri yaqinidagi Chernobil atom elektr stansiyasining to‘rtinchi energiya blokida texnogen falokat yuz berdi: portlashlar reaktorni vayron qildi, oqibatda atrof-muhitga katta miqdorda radioaktiv moddalar tushdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют