» » Yunon-rum kurashi. O‘zbekistonlik uch nafar kurashchi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekistonlik uch nafar kurashchi Osiyo chempionati finaliga chiqdi


Xitoyning Sian shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 3 nafar sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda dastlab 55 kg vazn toifasida gilamga chiqqan o‘zbekistonlik Ilhom Bahromov eronlik va qirg‘izistonlik raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, 63 kg vaznda esa  jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elmurat Tasmuradov hamda 130 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Mo‘minjon Abdullayev ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik boshqa bir sportchi Bilan Nalgiyev (77 kg) chorak finalda eronlik Muhammad Ali Gerayeiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. 87 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rustam Assakalov chorak finalda turkmanistonlik raqibidan ustun kelgan bo‘lsa, yarim finalda eronlik Hussayn Nuriga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi Rustam bronza medali uchun bahs kirishadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют