» » Superliga. “Qo‘qon-1912” “Metallurg”ga ham yutqazdi

Superliga. “Qo‘qon-1912” “Metallurg”ga ham yutqazdi


27-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan bahsda Bekobodning “Metallurg” klubi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida qo‘qonliklar a’zosi Milosh Nikolich (28) kiritgan golga maydon egalari Muzaffar Muzaffarov (35), Stanislav Andreyev (58, penalti) hamda Bahodir Pardayevning (79) urgan gollari bilan javob qaytardi (3:1).

Shu tariqa Bekobod klubi o‘z uyida bo‘lib o‘tgan bahsda “Qo‘qon-1912”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Metallurg”ning ochkolari soni 10 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qo‘qon-1912” esa 5 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Superliga

6-tur bahsi

27-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 28 Milosh Nikolich, 1:1 — 35 Muzaffar Muzaffarov, 2:1 — 58, penalti, Stanislav Andreyev, 3:1 — 79 Bahodir Pardayev

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyev (Bahrom Abdurahimov, 78), Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullayev, Muzaffarjon Muzaffarov, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Andrey Shipilov (Shavkat Mullajonov, 70), Akbar Ismatullayev, Sergey Tumasyan (Bahodir Pardayev, 68)

“Qo‘qon 1912”: Islomjon Abdullayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Behruz Sadulloyev, 78), Suhrob Berdiyev (Javohir Esonqulov, 70), Shahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Milosh Nikolich (Temur Usmonov, 83), Marko Milich, Murod Xolmuhamedov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют