» » Shimoliy Koreya komadagi talabani AQShga qaytarish uchun 2 mln dollar talab qilgan

Shimoliy Koreya komadagi talabani AQShga qaytarish uchun 2 mln dollar talab qilgan


Shimoliy Koreya plakat o‘g‘irlashga urinib sudlangan va vataniga qaytishi bilan vafot etgan amerikalik talaba Otto Uormbirning davolash xarajatlari uchun AQShga 2 million dollarlik hisob taqdim etgan. The Washington Post’ning yozishicha, Pxenyan yosh yigitni to‘lovsiz AQShga qaytarishdan bosh tortgan.

Qayd etishlaricha, hisob talabaning ortidan kelgan AQSh vakiliga topshirilgan. Gazetaning yozishicha, u KXDRning “haddan tashqari surbet” xatti-harakatiga qaramay, AQSh prezident Donald Trampning topshirig‘iga asosan, to‘lov majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi hujjatga imzo chekkan.

Xabar berishlaricha, hisob AQSh Moliya vazirligiga kelib tushgan. U butun 2017-yil davomida to‘lanmagan. Oxir-oqibat bu xarajatlar qoplanganmi yoki ushbu masala Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashuviga tayyorgarlik doirasida muhokama qilinganmi — noma’lum.

Uormbirning ota-onasi tibbiy xizmatlar uchun taqdim etilgan hisob haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qildi. Oq uy ma’muriyati esa amerikalik talabani ozod etish yuzasidan olib borilgan muzokaralar bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

Uormbir 2017-yil iyunida Sinsinnati (Ogayo shtati)dagi kasalxonada vafot etgan edi. U KXDRda 2016-yil martida targ‘ibot plakatidan bir parchani yirtib, o‘g‘irlashga uringanlikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tib, u vataniga qaytarilgan.

Yigit uzoq vaqtida komada bo‘lgan. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Otto KXDR qamoqxonalarida jismoniy zo‘ravonlikka uchragan. Shimoliy Koreya rasmiylari esa talabaning ahvoli unda botulizm alomatlari paydo bo‘lib, u og‘riq qoldiruvchi dori ichganidan so‘ng yomonlashganini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют