» » Haftalik dayjest: Prezidentning Xitoyga tashrifi, Sharaf lentasi va suvga botgan Toshkentda suv narxining tosatdan oshirilishi

Haftalik dayjest: Prezidentning Xitoyga tashrifi, Sharaf lentasi va suvga botgan Toshkentda suv narxining tosatdan oshirilishi


Otgan haftaning eng muhim xabarlari taqdimotini boshlaymiz.

Mamlakatimizda nikoh yoshi tenglashtirildi. Hozirga qadar nikoh yoshi qizlar uchun 17, yigitlar uchun 18 yosh edi. 2019-yilning 1-sentabridan boshlab esa 18 yoshga tolmagan yigit-qizlar nikohlana olmaydi. Bu prezident qarorida belgilab qoyildi. Senatorlardan birining fikricha, bu oila mustahkamligiga xizmat qiladi.

* * *

Yurtimizga oid ekzotik xabar. 24-aprel kuni Tuyabogiz suv omborida qoydek keladigan baliq tutildi. Baliq tortib korilganda uning ogirligi 35 kilogrammni tashkil etdi. Uni kopchilik bir bolib tortib olishgan. Hozir Toshkent dengizi va atrofidagi kanallarda baliq ovlash yaxshilangan.

* * *

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi. Shavkat Mirziyoyev 25-aprel kuni Pekinda XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Xalqaro valyuta jamgarmasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. Pekin shahridagi Bir makon, bir yol xalqaro forumida ishtirok etib, nutq sozladi. Ozbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini kozdan kechirdi.

* * *

Aprel oyi yurtimizga mol-kol yomgirlari bilan keldi. Ozgidrometning izohiga kora, mamlakatimiz osmonida janub va shimoldan kelgan nam va sovuq oqimlar qoshilib, kuchli jalalarni vujudga keltirgan. Nima bolganda ham seryomgir oy ayniqsa shaharliklarga ozmuncha tashvish tugdirmadi. Yomgir hududlarda avtomobillar harakatini qiyinlashtirdi, shaharlarni suv bosdi, daraxtlar avtomobillar ustiga quladi, temir yollar va kopriklarga zarar etdi. Togli hududlarda sel keldi. Poytaxt esa Venetsiyaga aylandi. Samarqand ham obi-rahmatdan benasib qolmadi, kochalarida toshqin boldi. Urgutning yarim million aholisi yomgir sababli elektrsiz qoldi. Jizzax viloyatidagi Juma qishlogida kuchli suv toshqini kuzatildi, infrastrukturaga beqiyos zarar yetdi.

* * *

Otgan haftada poytaxt Suvsoz korxonasi naqadar galati ishlashini namoyish qildi. Sovuq suv narxining 24-aprel kuni oshganligi haqida 25-aprel kuni xabar berdi. Aslida 15 kun avval berilishi kerak bolgan xabar bir kun otkazib berilgani aholida taajjub va norozilik uygotdi. Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi holatga aralashib, elon berilgandan song 15 kun otgach narx oshirilishi mumkinligini aytdi. Demak, narx 10-maydan boshlab oshirilishi lozim. Qomita korsatmasiga amal qilinmagan taqdirda Suvsozga qonunchilik doirasida chora koriladi.

* * *

9-may Xotira va qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan galabaning 74 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilariga 7,5 million somdan pul mukofoti berilishi malum qilindi. Shuningdek, faxriylar tugilib-osgan kochasiga ularning nomi beriladi. Bu kun nishonlanishi avvalidan milliy bayrogimiz tasviri tushirilgan Sharaf lentasini tarqatish aksiyasi boshlandi.

* * *

Jizzax viloyatidagi Forish poligonida Ozbekiston, Turkiya va Pokiston harbiylarining qoshma mashgulotlari yakunlandi. Unda maxsus qoshma amaliyot kuchlari bolinmalari tomonidan togli hududda shartli noqonuniy qurolli guruhni razvedka qilish, bloklash va yoq qilish, vertolyot aviatsiyasi yordamida bartaraf etish boyicha vazifalar bajarildi. Ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni taminlashda qol keladigan sodda va unumli mexanizm namunalari korsatib berildi.

Daryo yangiliklarini kuzatib boring. Ozbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor boling.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-04-2019, 09:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -