» » Gulnora Karimovaga tegishli 3 ta superkar sotuvi bekor qilindi, uning ishi bilan shug‘ullanayotgan prokuror esa almashtiriladi

Gulnora Karimovaga tegishli 3 ta superkar sotuvi bekor qilindi, uning ishi bilan shug‘ullanayotgan prokuror esa almashtiriladi


Shveysariya federal jinoyat sudi Toshkentdagi jazoni ijro etish koloniyalaridan birida jazo o‘tayotgan Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ikkita muhim qaror qabul qildi. Bu haqda “Nasha gazeta” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kun.uz”.

Nashrning Le Temps gazetasiga tayanib yozishicha, federal jinoyat sudi (TPF) qarorlaridan biriga ko‘ra, uch dona superkarning sotuvi bekor qilinadi.

Umumiy narxi 1 million shveysar frankidan oshiqroq bo‘lgan Mercedes-Benz SLR2DR, Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 avtomashinalari Gulnora Karimova tomonidan 2009-yilda 18,2 million frank evaziga xarid qilingan Kolonyadagi hovli hududida qoladi. TPF’ning qayd etishicha, avtomashina kalitlari 2013-yilda musodara qilingan, biroq o‘tgan yillar davomida prokuratura (MRC) ularning taqdiri bilan qiziqmagan.

Sudning ikkinchi qarori esa bu ish bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanayotgan prokuror Patrik Lamonning 2018-yilning sentabrida O‘zbekistonga norasmiy tashrifi bois almashtirilishi bilan bog‘liq. Toshkentga u konfederatsiya bosh prokurori Mikael Lauber va MRC’ning boshqa xodimlari bilan birga borgan. Gulnora Karimovaning advokatlari mazkur tashrif borasida tayinli tushuntirish ololmagan va uni shubhali deb topishga erishgan. Natijada ishning borishiga bevosita ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan Patrik Lamon endi boshqa ishni tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

O‘z navbatida, prokuratura Toshkentga tashrifdan maqsad tergov davomida o‘zaro yordam ko‘rsatish shartlarini aniqlashtirib olishdan iborat bo‘lganini ta’kidlagan. TPF’ning xulosasiga ko‘ra, tergov boshlig‘ining safari uning ishida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan, biroq u Shveysariyaga qaytganidan so‘ng ishda yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmagan.

Muzlatilgan yuz millionlab franklar esa berkitilgan hisob raqamlarida qolishda davom etadi. Tribune de Geneve nashrining yozishicha, o‘tgan yilning iyulida Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Konfederatsiya prokuraturasiga Gulnora Karimovaning himoyasi bilan bog‘liq turli xarajatlarni qoplash uchun 500 million frankni blokirovkadan xalos etishni so‘ragan.

MRC rad javob bergan va buni tergov natijalariga ko‘ra muzlatilgan bu pullar jinoiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgani ehtimoli yuqori ekanligi bilan tushuntirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют