» » Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasida g‘olib bo‘ldi


25—26-aprel kunlari Qozog‘istonning Ye.A.Buketov nomidagi Karaganda davlat universitetida tashkil etilgan “Xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi”da SamDChTI talabalari xitoy tili bo‘yicha I o‘rinni, nemis tili bo‘yicha II o‘rinni, fransuz va ingliz tillari bo‘yicha III o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

Germaniya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning 35 ta universitetlaridan 200 nafar ishtirokchi qatnashgan xalqaro olimpiadada O‘zbekistondan Samarqand davlat chet tillar institutining quyidagi talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi:

Hamdamova Charos Hamdamovna – tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, xitoy tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

Sundeyev Viktor Sergeyevich – roman-german tillari fakulteti, nemis tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

Kurtova Aleksandra Aleksandrovna – roman-german tillari fakulteti, fransuz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

Asliyeva Shahzoda Zafarovna – ingliz tili fakulteti 3-kurs talabasi.

Germaniyaning xalqaro Akademiklar Almashinuv Xizmati (DAAD), Gyote Instituti va Fransiyaning Karaganda shahridagi Fransuz Alyansi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro olimpiada doirasida xorijiy tillarni o‘qitish metodlari bo‘yicha xalqaro doiradagi master-klass va davra suhbati tashkil etildi. Unda SamDChTI ingliz tili II fakulteti dekan o‘rinbosari Q.A.Hakimov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют