» » APL. Serxio Aguero Tyerri Anri natijasini takrorladi

APL. Serxio Aguero Tyerri Anri natijasini takrorladi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer liasining 36-turida “Manchester Siti” hujumchisi “Byornli” darvozasiga gol urdi (1:0).

Bu orqali 30 yoshli argentinalik joriy mavsum musobaqadagi gollari sonini 20 taga yetkazib oldi.

Ta’kidlash joiz, Aguero ketma-ket 5 mavsumdan buyon 20 ta va undan ko‘p gol urmoqda. U Premyer liga tarixida “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anridan keyin shunday natija qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero joriy mavsum 8 ta golga assistentlik ham qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют