» » Ozbekistonlik kursant jangovar sambo boyicha chempionatda oltin medalni qolga kiritdi (foto)

Ozbekistonlik kursant jangovar sambo boyicha chempionatda oltin medalni qolga kiritdi (foto)


Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov Rossiyaning Vladivostok shahrida 2429-aprel kunlari otkazilgan jangovar samboning A seriyasiga kiruvchi chempionatda ham navbatdagi galabaga erishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi.

Yevropa hamda Osiyoning 15 davlati, shuningdek, Rossiyaning 20 dan ortiq viloyatidan kelgan 200 nafardan ziyod sambochilar Yaqin Sharq federal universiteti sport zalida Yuriy Potapov memoriali nomidagi 22-xalqaro turnirda ozaro kuch sinashdi.

82 kilogramgacha bolgan vazn toifasida ishtirok etgan ozbekistonlik Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik kuchli raqib, Ivan Grachovga qarshi tatamiga chiqib, 9:0 hisobida mutlaq galabaga erishdi.

Qashqadaryo viloyatida tugilgan Bekzod Ozbekiston nomini jahon arenasiga olib chiqishi birinchi bor emas. U 2016-yili, Akademiyada 1-kursligidayoq Germaniyada otkazilgan qol jangi boyicha xalqaro chempionatda kumush medalni qolga kiritgan edi.

Uch karra Osiyo va xalqaro turnirlar golibi, jahon chempioni hamda jahon kubogi sohibi Bekzod Nurmatov joriy yilning aprel oyi boshida Qirgiziston poytaxti Bishkek shahrida otkazilgan aralash kurashning Gran-pri turkumiga kiruvchi Batir bashi IV etnoturnirida ham galabaga erishib, chempionlik kamarini qolga kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -