» » Armiya qo‘l jangi xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)

Armiya qo‘l jangi xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto)


Bugun, 12-sentabr kuni Toshkentdagi Universal sport majmuasida MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi armiya qo‘l jangi chempionatining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 7 ta vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarning 6 nafari finalga qadar yetib bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

60 kilogrammgacha bo‘lgan vaznli qo‘l jangi ustalari o‘rtasida kechgan final bahslarida o‘zbekistonlik serjant Shahboz Tursunov qozog‘istonlik sportchi Arkot Bayaxmetovni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, -65 kg vazn toifasida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Olim Normurodov qirg‘izistonlik Omurbek Ashurbekov ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, -70 kg vazn toifasida yana bir o‘zbekistonlik shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Otabek Xamzaliyev qozog‘istonlik raqibi Abilay Tabanovga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, oltin medalga ega chiqdi.

-75 kg vaznlilar o‘rtasida kechgan murosasiz kurashda ham o‘zbekistonlik sportchi — serjant Jahongir Jumayev rossiyalik raqibi Sergey Kuznetsovdan qo‘li baland keldi.

-80 kg vazn toifasidagi harbiy sportchilar o‘rtasida kechgan jangda rossiyalik leytenant Zorikto Galsanov o‘zbekistonlik shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi G‘iyos Pozilovga qarshi og‘rituvchi usul qo‘llab shohsupadan joy olgan bo‘lsa, -85 kg vazn toifasi uchun kechgan final jangida Qurolli Kuchlar Akademiyasi kursanti Bekzod Nurmatov rossiyalik sportchi Sharaf Davlatmurodovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana bir oltin medalni O‘zbekiston terma jamoasiga olib keldi.

-90 kg vazn toifasida g‘oliblik uchun kechgan yakuniy bosqichda rossiyalik Anatoliy Tokov hamda qozog‘istonlik Artyom Rogalskiy o‘zaro kurashdi. Natijada rossiyalik sportchining qo‘li baland kelib, g‘oliblikka erishdi.

Shunday qilib, 2 kun davom etgan armiya qo‘l jangi xalqaro chempionatida o‘zbekistonlik harbiy sportchilar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Rossiya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘ringa qirg‘izistonlik harbiy sportchilar erishdi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari kubok, diplom, medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, eng faol ishtirokchilar tashkilotchilarning alohida nominatsiyalari bo‘yicha mukofotlandi. MDH davlatlaridan kelgan vakillarga O‘zbekiston mudofaa vazirining esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda birinchi marotaba o‘tkazilgan armiya qo‘l jangi musobaqasida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekistonning sharq yakkakurashlari ustalari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют