» » Namanganda viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Namanganda viloyat endokrinologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Namangan shahrida viloyat endokrinologiya dispanserining 160 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qariyb 15 milliard so‘m evaziga “Fayziobod samo servis” MChJ tomonidan qurib bitkazilgan mazkur dispanserda endokrin kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish hamda zamonaviy usulda davolash uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Jumladan, UTT va rentgent xizmatlari, klinik va bioximik, garmonal tahlillar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Maslahat-diagnostika, bolalar va o‘smirlar, diabetologiya-tireodologiya, diabetologiya-nefrologiya, jarrohlik bo‘limlari faoliyat boshladi. Maslahat-diagnostika bo‘limida kuniga 150 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, avvallari viloyat endokrinologiya dispanseri 110 o‘rinli moslashtirilgan, pastqam va ta’mirtalab binoda faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют