» » Pastdarg‘omda 3 milliard 900 million so‘mlik yangi terapiya majmuasi ishga tushdi

Pastdarg‘omda 3 milliard 900 million so‘mlik yangi terapiya majmuasi ishga tushdi


Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasining 100 o‘rinli yangi terapiya majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Respublika investitsiya dasturi asosida joriy yilning yanvar oyida boshlangan qurilish ishlariga 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ sarflandi. Uch qavatli binoda bemorlar va shifokorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Majmua 600 million so‘mlik yumshoq va qattiq mebellar bilan ta’minlandi.

Yangi binoda tuman markaziy shifoxonasining terapiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan fizioterapiya bo‘limi tashlik etildi.

Majmuaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov so‘zga chiqib, pastdarg‘omlik tibbiyot xodimlarini yangi bino va kasb bayrami bilan tabrikladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют