» » “Milan” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi

“Milan” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi


28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 34-turida “Milan” safarda “Torino”ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).

Jennaro Gattuzo jamoasi ketma-ket 5 ta g‘alabali seriyasidan so‘ng oxirgi 7 ta o‘yinning 2 tasida durang o‘ynagan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda esa mag‘lubiyatga uchradi va atigi bitta o‘yinda g‘alaba qozondi. Natijada jamoa kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida o‘ynamaydigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, klub 56 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Atalanta” va “Torino” klublari hisobida ham 56 ochkodan mavjud, lekin ular qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega.

Kelasi mavsum Italiyaning 7 ta klubi yevrokuboklarda: 4 tasi Yevropa Chempionlar Ligasida, 3 tasi esa Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

Agar 8-o‘rinda borayotgan “Latsio” (55 ochko) Italiya Kubogi finalida “Atalanta”ni yutsa, A Seriyani 7-o‘rindan pastki pog‘onalarda tugatsa ham Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют