» » Ramazon oyida Samarqanddan 230 kishi Umra ziyoratiga boradi

Ramazon oyida Samarqanddan 230 kishi Umra ziyoratiga boradi


Samarqandlik fuqarolar har o‘n kunda Umra safariga jo‘natilmoqda. Bu haqda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov ma’lum qildi, deya xabar beradi Zarnews.

Shu oyning o‘zida 182 kishi Saudiya Arabistoniga borib keldi. 28-aprel kuni yana 140 nafarga yaqin samarqandlik muqaddas ziyoratga yo‘l oldi.

Shuningdek, Ramazon oyida 230 kishining Umra safariga borib qaytishi rejalashtirilgan.

Ziyorat bilan bog‘liq barcha shart-sharoitlar (ziyorat to‘lovlari, shartlari va muddati) haqida ziyoratchilarga Haj tadbiri boshlanishidan kamida 1 oy, Umra tadbiri boshlanishidan kamida 14 kun oldin ma’lum qilinadi.

2019-yilgi Haj mavsumi uchun to‘lanadigan mablag‘ 33 million 300 ming so‘m qilib belgilandi. Shu vaqtga qadar Haj ziyoratiga borish 38 million so‘mni tashkil qilardi. Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ ilgari 13 million 600 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda 11 million 600 ming so‘m to‘lab ziyoratga borish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют