» » O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra safariga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra safariga jo‘nab ketdi


Hukumat qarori bilan joriy yildan Umra mavsumi yil bo‘yi uzluksiz davom etishi e’lon qilindi. Avvallari muayyan ziyoratchilargina Umra safariga otlangan bo‘lsa, hozirda bu cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019-yildan boshlab yiliga ming-minglab o‘zbekistonlik Umra amallarini bajarish imkoniga ega bo‘ladi.

Boshlangan Umra mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi. Ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Haj va Umra amallarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish ishlari muvofiqlashtirib borilmoqda.

Haj ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etish, bu boradagi tartib-qoidalar, shuningdek, safar talablari xususida tushuntirish berish maqsadida joylarda ziyoratchilar guruhlari uchun safaroldi uchrashuvlari tashkil etildi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahridagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganidan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladi. Ziyoratchilar uchun mavsum davomida besh yulduzli mehmonxona, oshxona va transport xizmatlari yuqori saviyada tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют