» » Filadelfiya aeroportida taksi haydovchilari uchun masjid tashkil etildi

Filadelfiya aeroportida taksi haydovchilari uchun masjid tashkil etildi


Filadelfiya aeroportining kelayotgan reyslarni kutib oluvchi taksi avtomobillari turargohida mo‘jaz masjid o‘z faoliyatini olib boradi, bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qiladi.

Bu yerda 300 ga yaqin taksi haydovchilari ishlaydi. “Islamosfera” xabariga ko‘ra, Filadelfiyada 1500 nafar taksi haydovchilari bo‘lib, ularning yarmi musulmonlardir. Ular uch yil davomida yig‘ilgan xayriya pullari evaziga 10 ming AQSh dollariga treyler sotib olib, uni namoz o‘qishga moslashtirdi. Uning yonida qo‘lbola tahoratxona ham ishga tushirildi.

Bu masjidning imomi yo‘q, unda taksichilarning o‘zlari navbatma-navbat imomlik qiladi, azon ham shu tarzda o‘qiladi. Masjid ichidagi ko‘k qutida xayriya pullari yig‘iladi. Undan to‘plangan pullar hisobiga har yili masjidni tozalash va unga qarab turishga 1000—2000 dollar atrofida mablag‘ sarflanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют