» » O‘zbekistondagi harbiy qismlarning bir nafardan xizmatchisi OTMlarga davlat granti asosida imtihonsiz kirishi mumkin

O‘zbekistondagi harbiy qismlarning bir nafardan xizmatchisi OTMlarga davlat granti asosida imtihonsiz kirishi mumkin


OTMlarga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra quyidagilar OTMlarga qo‘shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kiritildi:

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishlariga;

Har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi, qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga asosan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют