» » Buzish shart emas: Xorijda eski panelli uylar qay tarzda zamonaviylashtirilmoqda

Buzish shart emas: Xorijda eski panelli uylar qay tarzda zamonaviylashtirilmoqda


TravelAsk nashri shaharlardagi eski uylarni zamonaviylashtirish tajribasi haqida material taqdim etdi.

Moskvadagi eski uylarni buzish dasturi poytaxtda ham, chet hududlarda ham qizg‘in muhokamalar markaziga aylandi. Shaharning markazida joylashgan yaroqli g‘ishtli uylarning buzilishi, shuningdek, yaqin orada kutilayotgan Moskva markazidagi qrilishlar ko‘lamining ko‘payishi ham savollarni yuzaga chiqarmoqda. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, yoshi 50 yildan oshiq bo‘lgan uylarni buzmasdan, aholini ko‘chirmasdan ham mazkur uy-joy binolarini zamonaviylashtirish mumkin ekan. Shunday joylardan biriga misol sifatida Bordo, Fransiyadagi shaharni keltirish mumkin.

O‘tgan asrning 50–70-yillari ko‘p mamlakatlar aholisi uchun ko‘p qavatli panelli qurilishlar davri bo‘lgani bilan esda qolgan. Aholining ko‘p qismi ehtiyojlarini qondirish uchun kam xarajatli turar joylar qurilishi AQSh, Yevropa, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlarda davlatning uy-joy bilan ta’minlash dasturining bir qismi edi. Maydoni katta bo‘lmagan, lekin mazkur davr uchun o‘ta qulay bo‘lgan panelli uylar yosh oilalar, yolg‘iz yashovchi nafaqadagilar va kam ta’minlangan oilalarning uy-joy bilan bog‘liq muammolariga yechim bo‘lgan. Ammo 40–60 yil avval shodiyonaga sabab bo‘lgan uylar bugunda eskirib qolgan.

Bordoda, Yevropaning ko‘pgina shaharlarida bo‘lganidek, yetarli darajada ko‘p qavatli panelli uylar mavjud. Ular hali mustahkam va muhandislarning xavfsizlik talablariga sabab bo‘layotgani yo‘q. Ammo hozirgi zamon talablariga javob bera olmaydi. Shu sababli shahar rahbariyati ko‘p qavatli uylarni rekonstruksiya qilish borasida loyiha ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qildi va 2017-yilda uchta panelli uy binosini aholini ko‘chirmasdan tanib bo‘lmas darajaga keltirdi.

Bu asosan panelli uylardagi kvartiralarning tashqi devorlarini buzish, ularni harakatlanuvchi oynakli eshiklar bilan almashtirish va ularga qo‘shimcha maydon qurish orqali kengaytirish ishlari amalga oshirildi. Paydo qilingan maydondan qishki bog‘ yoki oynalangan ayvon sifatida foydalanish mumkin. Asosiysi, bu kvartira maydonini kengaytiradi va turar joyni qulaylashtiradi. Shu usul bilan 530 xonadon zamonaviy holga keltirildi.

Panelli turar joylarni qayta qurishga muvaffaqiyatli yondoshgan ikkinchi mamlakat Germaniyadir. Germaniyadagi Laynefeld shahrida o‘tgan asrning 90-yillarida 3–5 qavatli bir nechta panelli uylar qayta qurilgan. Me’morlar yangi kvartiralar Bordodagidan ancha kengroq va yorug‘roq bo‘lishiga harakat qilgan. Ayrim holatlarda ba’zi bir panelli uylarda ko‘lamliroq qurilish ishlari olib borilishi ularni zamonaviy koshonalarga aylanishiga imkon bergan.

Rossiyada ham eskirib qolgan besh qavatli uylarni qayta qurishning muvaffaqiyatli misollari bor. Moskva va Kaliningraddagi panelli uylarning maydonini kengaytirilishi va fasadning tubdan o‘zgartirilishi hisobiga eski binolar yangicha ko‘rinish oldi. Ayniqsa Kaliningraddagi panelli uylarning qisqa fursatda me’morchilikning haqiqiy nodir namunasiga aylantirilgani fikrlashga undaydi.

Bunday o‘zgarishlar shahar budjetini tejabgina qolmay, ko‘pgina ekologik muammolarni bartaraf qilish imkonini berdi. Axir butun boshli dahadagi uylar buzilishi elektr energiyasini, shuningdek, katta hajmdagi qurilish chiqitlarni qayta ishlash xarajatlarini talab qiladi. Bu esa hozirda ko‘p mamlakatlarda chiqindilar yig‘iladigan maydon yetishmasligi muammo bo‘lib turgan bir vaziyatda mazkur usul muammolarni hal qilishning shubhasiz eng qulay yechimi va afzalligidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют