» » O‘zbekistonda endi maqsadli qabulga topshirish uchun o‘sha hududning diplomi talab etilmaydi

O‘zbekistonda endi maqsadli qabulga topshirish uchun o‘sha hududning diplomi talab etilmaydi


2017-yildan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida, keyinchalik agrar va qishloq xo‘jalishi yo‘nalishida ham maqsadli qabul asosida davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilish boshlangan edi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, endilikda ushbu tartib bekor qilindi.

Ilgari qoida bo‘yicha, maqsadli qabulga topshirish uchun faqat o‘sha hududdagi kollej-litseyda o‘qigan bo‘lishi kerak edi. Ya’ni navoiylik abituriyent Navoiy viloyatiga ajratilgan maqsadli qabul uchun da’vogarlik qilmoqchi bo‘lsa, u albatta kollej yoki litseyni Navoiyda tugatgan bo‘lishi shart edi. Bunday taqiq birmuncha kulgili cheklovlarni keltirib chiqarar edi. Masalan, andijonlik abituriyent Farg‘ona tibbiyot kollejida o‘qigan bo‘lsa, unda u na Andijon bo‘yicha, na Farg‘ona bo‘yicha maqsadli qabulga topshira olar edi. Bunday vaziyatda abituriyent shunchaki tibbiyot yo‘nalishida davlat grantida o‘qish huquqidan avtomatik mahrum bo‘lib qolar, faqat kontraktga da’vogarlik qila olar edi.

Nihoyat Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori bilan maqsadli qabulga qo‘yilgan ushbu taqiq butunlay bekor bo‘ldi.

Bu nima degani?

Endilikda muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumot bo‘yicha) istalgan abituriyentlar, ular qaysi hududda tahsil olganidan qat’i nazar, maqsadli qabulga da’vogarlik qila oladi. Masalan, andijonlik abituriyent Farg‘onada o‘qiganmi, Toshkentda o‘qiganmi, Samarqandda o‘qiganmi, farqi yo‘q, endi u Andijon uchun ajratilgan maqsadli qabulga topshira oladi.

Demak, bundan buyon davlat grantiga kirish uchun barchada birdek imkoniyat paydo bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют